16:09 / 27.09.2020
1 949

Shota Arveladze: "Klub va ishqibozlar uchun juda xursandman"

Shota Arveladze: "Klub va ishqibozlar uchun juda xursandman"
O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" OCHL nimchorak finalida "Istiqlol"ni 2:1 hisobida mag‘lub etganidan xabaringiz bor.
Uchrashuvdan so‘ng jamoaning ayni paytda karantinda bo‘lib turgan bosh murabbiyi Shota Arveladze klub matbuot xizmatiga qisqa fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu klubimiz va o‘zbek futboli uchun fantastik muvaffaqiyat. Chempionlar Ligasini safarda o‘ynash hech qachon oson bo‘lmagan. Barcha xodimlar va futbolchilarni tabriklayman. Sizlar faxrlanishingiz mumkin, yigitlar. Men klub va ishqibozlar uchun juda ham xursandman", - dedi Shota.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Klub va ishqibozlar uchun juda xursandman"