14:11 / 18.05.2021
2 050

"Nasaf" futbolchisi yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng: Faqat meni ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘ladi


"Nasaf" OFK Kubogi “F” guruhi 2-turida Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvda ham gol ham golli uzatmani amalga oshirgan Sherzod Nasrullayev bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Avvalambor, barcha muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv haqida gapiradigan bo‘lsam, biz raqibimizni yaxshilab o‘rganib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgan edik. Barchamiz o‘zimizga berilgan ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishga harakat qildik va yakunda kerakli natijaga erishdik.

- Siz bo‘lib o‘tgan ikki uchrashuvda uchta golli uzatma va bir marotaba raqib darvozasiga gor urishga erishdingiz. Bu haqida ham o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lishsangiz?
- Faqat meni ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu yerda jamoadoshlarimning ham mehnati katta. Lekin bu natijadan xursandman va maydondagi harakatlarim bilan jamoamga foydam tekkanidan mamnunman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" futbolchisi yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng: Faqat meni ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘ladi