23:00 / 29.05.2021
3 198

Allegri “Yuve”ga birinchi olinadigan yulduzni tanladi


“Yuventus”ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ishni tarkibni shakllantirishdan boshlaydigan bo‘ldi. Tajribali mutaxassis yozda birinchi bo‘lib qaysi futbolchi olinishi kerakligini belgilab berdi.

Allegri klub rahbariyatidan “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani zudlik bilan qaytarishni talab qilmoqda. Fransiyalik yulduz avval ikki  yil davomida italiyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p surgan va uning ishonchini to‘la oqlagan.
Turinliklar tez orada Pogbaning agenti Mino Rayola bilan muzokara boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Pogbaning manchesterliklar bilan bitimi yana bir yil davom etadi. Uning transferi 60 million yevroga baholangan. Variantlar orasida Krishtianu Ronaldu va Pol Pogba rokirovkasi ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri “Yuve”ga birinchi olinadigan yulduzni tanladi