00:17 / 03.07.2021
1 943

Yevro-2020. Ispaniya penaltilar seriyasida Shveysariyani yengdi va yarim finalga yo‘l oldi


Yevropa chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan Shveysariya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. 
Asosiy vaqtda hisob 1:1 ko‘rinishida yakunlanganligi bois, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotereyasida "qizil furiya" 3:2 hisobida zafar quchdi.
Endi ispanlar final yo‘llanmasi uchun Belgiya - Italiya o‘yini g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Shveysariya – Ispaniya 1:1 (penaltilar seriyasi 1:3)
Gollar:
0:1 – 8, avtogol Zakariya, 1:1 – 68 Shakiri.
Shveysariya – Zommer, Rodriges, Akandji, Elvedi, Vidmer (Mbabu, 100), Zakariya (Sher, 100), Froyler, Suber (Fassnaxt, 90), Shakiri (Sou, 81), Seferovich (Gavranovich, 82), Embolo (Vargas, 23).
Ispaniya – Unai Simon, Pau Torres (Tiago Alkantara, 113), Aspilikueta, Laport, Alba, Sarabiya (Olmo, 46), Buskets, Pedri (Rodri, 119), Koke (Lorente, 90), Ferran Torres (Oyarsabal, 90), Morata (Jerar Moreno, 54).
Ogohlantirishlar: Vidmer (67), Laport (90), Gavranovich (120).
Chetlatish: Froyler (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2020. Ispaniya penaltilar seriyasida Shveysariyani yengdi va yarim finalga yo‘l oldi