date

Shenzhou-23 ekipaji Tiangong orbital stansiyasiga muvaffaqiyatli oʻtdi

Shenzhou-23 ekipaji Tiangong orbital stansiyasiga muvaffaqiyatli oʻtdi

2026-yil 25-may kuni "Shenzhou-23" boshqariladigan kosmik kemasi ekipaji Xitoyning "Tiangong" orbital stansiyasi bortiga muvaffaqiyatli oʻtdi. "Tianhe" asosiy moduli bilan avtomatik tutashuv amalga oshirilgach, kosmonavtlar oʻtish lyuklarini ochib, stansiya ichkarisiga kirishdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Uch nafar taykonavt — komandir Zhu Yangzhu, Zhang Zhiyuan va Li Jiaying tizimlarni zaruriy tekshiruvdan oʻtkazib, navbatni qabul qilish ishlarini boshladilar. Ular ilmiy tajribalar oʻtkazish, stansiyaga texnik xizmat koʻrsatish va avvalgi ekipajning Yerga qaytishiga tayyorgarlik koʻrish bilan shugʻullanadilar.

Eslatib oʻtamiz, 24-may kuni Jiuquan kosmodromidan "Changzheng-2F" eltuvchi raketasi muvaffaqiyatli uchirilgan edi. "Shenzhou-23" Pekin vaqti bilan soat 17:20 da start olib, parvozdan taxminan 3,5 soat oʻtgach stansiya bilan avtomatik ravishda tutashdi. Parvozning barcha bosqichlari shtat rejimida oʻtdi.

Ushbu missiya "Shenzhou" dasturi doirasidagi 23-boshqariladigan parvoz hisoblanadi. Xitoy 2022-yildan buyon doimiy rejimda ishlayotgan "Tiangong" orbital stansiyasini faol rivojlantirishda davom etmoqda. Avvalroq kema mavjud texnologiyalar asosida koʻp tomonlama texnik modernizatsiyadan oʻtgani xabar qilingan edi.

Ishlab chiquvchilar qaytuvchi kapsulaning asbob-uskunalar tizimini yangilab, inson-mashina interfeysini optimallashtirishgan. Shuningdek, asboblar paneli ixchamlashtirilishi hisobiga foydali yuk uchun koʻproq joy boʻshatilgan. Taykonavtlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida kema illyuminatorlari ham mustahkamlanib, takomillashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Shenzhou-23 ekipaji Tiangong orbital stansiyasiga muvaffaqiyatli oʻtdi