date

Ish stolida qomatni tik tutishga yordam beruvchi yangi gadjet

Ish stolida qomatni tik tutishga yordam beruvchi yangi gadjet

Uy sharoitida ishlash oʻziga yarasha qiyinchiliklarga ega: uy hayvonlarining eʼtibor talab qilishi, uzoq vaqt oʻtirishdan bel ogʻrishi yoki harakatlanishni unutib qoʻyish shular jumlasidan. Garchi qomatni nazorat qiluvchi turli ilovalar mavjud boʻlsa-da, ularni eʼtiborsiz qoldirish juda oson. Germaniyaning Deep Care startapi tomonidan yaratilgan Isa nomli qurilma esa bu muammoga butunlay boshqacha yondashadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Isa qurilmasi kamera yoki internetga ulanmasdan ishlaydi, bu esa shaxsiy maxfiylikni qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun muhim afzallikdir. 5,5 dyuymli IPS HD ekranga ega ushbu gadjet USB-C orqali quvvatlanadi va Time-of-Flight (ToF) 3D datchigi yordamida foydalanuvchining qomatini hamda harakatlarini kuzatib boradi. Qurilma shuningdek, xonadagi yorugʻlik, shovqin, harorat, namlik va CO₂ darajasini ham tahlil qiladi.

Qurilma ekranida qomat holatini koʻrsatuvchi maxsus halqa mavjud boʻlib, u notoʻgʻri oʻtirganda sariq yoki qizil rangga kiradi. Bu Apple Watch halqalariga oʻxshash vizual ogohlantirish foydalanuvchini beixtiyor qomatini toʻgʻrilashga undaydi. Agar foydalanuvchi uzoq vaqt harakatsiz qolsa, Isa oʻrnidan turib, biroz mashq qilishni tavsiya etadi.

Hozirgi vaqtda qurilma faqat Yevropa va AQSh vaqt zonalarini qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa boshqa mintaqadagi foydalanuvchilar uchun biroz noqulaylik tugʻdirishi mumkin. Shunga qaramay, kamera mavjud boʻlmagan holda qomatni nazorat qilish va sogʻlom ish muhitini yaratishda Isa samarali yordamchiga aylanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Ish stolida qomatni tik tutishga yordam beruvchi yangi gadjet