Bitcoin narxi 72 000 dollargacha tushish xavfi ostida qolmoqda

Bitcoin (BTC) oʻzining soʻnggi 82 000 dollardan yuqori boʻlgan choʻqqisidan 6,5 foizga arzonlashdi. Ayiqcha texnik tuzilma, talabning susayishi va sotuv bosimining ortishi kriptovalyuta boʻzorida navbatdagi yoʻqotishlar xavfini yuzaga keltirmoqda. Bitcoin asosiy qoʻllab-quvvatlash darajalarini ushlab tura olmagani xaridorlarning yuqoriga yoʻnaltirilgan impulsni saqlab qolishga kuchi yetmayotganidan dalolat beradi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Tahlilchi CryptoJelleNL taʼkidlashicha, BTC rasman 100 va 50 kunlik EMA koʻrsatkichlarini yoʻqotdi. Boshqa bir ekspert Axel Adler Jr esa Bitcoin oʻzining buqa impulsini aynan makroiqtisodiy holat keskin yomonlashgan bir paytda boy berganini qayd etdi. 82 000 dollar darajasidagi qarshilik fevral oyidan beri davom etayotgan parallel kanalning yuqori chegarasiga toʻgʻri keldi.
Grafik tahlillariga koʻra, narx ushbu trend chizigʻidan qaytgan har safar oʻz qiymatining 11-14 foizini yoʻqotib, pastki qoʻllab-quvvatlash chizigʻiga tushgan. Agar ushbu tendensiya davom etsa, Bitcoin kanalning pastki chegarasi boʻlgan 72 000 dollargacha tushishi mumkin. Bu joriy narxdan yana 7 foizlik pasayishni anglatadi.
Nisbiy kuch indeksi (RSI) ham 6-maydagi 69 koʻrsatkichidan 48 gacha tushib ketdi, bu esa pastga yoʻnaltirilgan momentum kuchayayotganini koʻrsatadi. MN Capital asoschisi Michael van de Poppe agar 75 000 – 76 000 dollar oraligʻidagi muhim zona boy berilsa, narx 74 000 va 71 400 dollargacha chekinishi, hatto 60 000 dollarlik darajalarni qayta sinovdan oʻtkazishi mumkinligini bildirdi.
Biroq, ijobiy ssenariy ham mavjud. Van de Poppe fikricha, agar yaqin kunlarda Yaqin Sharqda tinchlik bitimi imzolansa, BTC/USD juftligi yana 80 000 dollardan yuqori hududlarga qaytishi va yangi choʻqqilarni zabt etishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!