SK Hynix kapitallashuvi 1 trillion dollarga yaqinlashmoqda

Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi sunʼiy intellekt tizimlari uchun xotira qurilmalariga boʻlgan talabning keskin oshishi ortidan bozor qiymati boʻyicha 1 trillion dollarlik marraga yaqinlashdi. Soʻnggi oylarda kompaniya aksiyalari 200 foizdan koʻproqqa qimmatlashdi, bu esa 2025-yildagi 274 foizlik oʻsish surʼatlarini mantiqiy davomi boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Atigi 16 oy oldin kompaniyaning umumiy qiymati 100 milliard dollardan kamroqni tashkil etgan edi. Oʻsishning asosiy omili sifatida sunʼiy intellekt infratuzilmasi rivoji hamda neyron tarmoqlarni oʻqitish va ishlashida qoʻllaniladigan yuqori tezlikdagi HBM xotiralariga boʻlgan yuqori talab koʻrsatilmoqda.
Shuningdek, butun dunyo boʻylab maʼlumotlar markazlarining kengayishi anʼanaviy DRAM xotiralariga boʻlgan ehtiyojni ham oshirdi. Bu holat SK Hynix kompaniyasining moliyaviy koʻrsatkichlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uni jahon texnologiya bozoridagi yetakchi oʻyinchilardan biriga aylantirdi.
Avvalroq Samsung Electronics kompaniyasi 1 trillion dollarlik marrani zabt etgan edi. Endilikda Janubiy Koreya AQShdan tashqarida ikkita kompaniyasi ushbu darajaga yetgan birinchi davlatga aylanishi mumkin. Taqqoslash uchun, Osiyodagi eng qimmat kompaniya hisoblangan Tayvanning TSMC firmasi hozirda 1,8 trillion dollardan ortiq qiymatga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!