O‘zbekiston termasi Xalqaro futbol federasiyasining yangilangan reytingida o‘z pozisiyasini yaxshilaydi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ning yangilangan reytingida hozirda egallab turgan 49-pog‘onadan uch punktga ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda "gazeta.uz" nashri.
Jahon chempionati-2018 Osiyo saralash bosqichi uchinchi raundi doirasida Samvel Babayan jamoasi Suriya, Qatar va Xitoy ustidan g‘alaba qozonib, faqatgina Erondan mag‘lubiyatga uchradi.
Football Rankings ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 617 ochko bilan taxminan 46-o‘rinni egallaydi va milliy terma jamoa tarixidagi eng yaxshidan keyingi natijani qayd etadi. 2006 yil noyabrida eng yuqori natija — 45-o‘rin egallangan edi. Mazkur natija bilan Osiyo futbol konfederasiyasi a’zolari orasida Avstraliya (37-o‘rin), Eron (39-o‘rin) va Janubiy Koreyadan (44-o‘rin) keyingi to‘rtinchi pog‘onani band etadi.
Hisob-kitoblar Elo Ratings reyting tizimi orqali amalga oshirilib, unda g‘alabalar marjasi, uchrashuv muhimligi, uy maydonida o‘ynalgani va boshqa turli xil o‘zgaruvchan masalalar inobatga olinadi. Biroq bu milliy terma jamoalar reytingini aniqlashning norasmiy tizimi bo‘lib, ayrim o‘zgarishlar qayd etilishi ehtimoldan yiroq emas.
20 oktyabrda FIFA tomonidan yangilanadigan rasmiy reytingda O‘zbekiston Rossiyadan o‘zib ketishi aniq. JCh-2018 mezboni 52-o‘rinni egallab, o‘z tarixidagi eng yomon natijani qayd etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi