Starbase kosmodromiga Starship uchun moʻljallangan yangi barja yetib keldi

SpaceX bazasi hududiga Starship dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan, oʻziga xos “You’ll Thank Me Later” (Keyinroq rahmat aytasiz) nomli barja yetib keldi. Bu haqda NASASpaceflight resursi X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu barja Starship dasturi logistikasida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Aynan shu kemada raketaning yer usti transporti orqali uzoq masofaga tashish imkonsiz boʻlgan ulkan birinchi bosqichlarini tashish rejalashtirilgan. Maxsus himoya gumbazi transport xavfsizligini oshirish va uzoq safarlar davomida dengiz muhitining uskunaga taʼsirini kamaytirishga xizmat qiladi.
Avvalroq SpaceX bosh direktori Elon Musk Kanaveral burnida Starship uchun yangi “You’ll Thank Me Later” dengiz kemasi paydo boʻlishini maʼlum qilgan edi. Kompaniya dengiz barjasini modernizatsiya qilish ishlarini yakunladi va endilikda u toʻliq himoya qoplamasi bilan jihozlangan.
Kema Super Heavy tezlatkichlarini Starbase ishlab chiqarish bazasi va Kanaveral burnidagi uchish maydonchasi oʻrtasida tashish uchun foydalaniladi. Bu SpaceX kompaniyasining kosmik parvozlar chastotasini oshirish va logistika tizimini takomillashtirish yoʻlidagi muhim qadamidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!