AQShning Trassalardagi harakat xavfsizligi bo‘yicha milliy boshqarmasi 2016 yil mayida Tesla Model S ishtirokida sodir bo‘lib, haydovchining o‘limini keltirib chiqargan avtohalokatni tekshirish natijalarini e’lon qildi, deb yozadi "Daryo" nashri. Tergovchilar Tesla avtopiloti normal tarzda ishlagan va halokatga sabab bo‘lmagan degan xulosaga keldi.
Hisobotda aytilishicha, elektromobilning avtomatik tormozlanish tizimi, birinchi navbatda, harakat chog‘ida to‘qnashuvlar oldini olish uchun ko‘zda tutilgan. Tesla’ning qarshisiga to‘satdan tutash yo‘ldan yuk mashinasi chiqib qolganida, u vaziyatga ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin emas.
Shu bilan birga, Tesla avtopiloti avtomobil tomonidan to‘liq boshqaruvga mo‘ljallanmagan va haydovchi tomonidan doimiy nazoratni talab qiladi. Boshqarmadagilar ta’kidlashicha, avariyadan so‘ng Tesla yana bir straxovka tizimini qo‘shdi. Endi mashina haydovchi qo‘li bilan rulni tutib turishini nazorat qiladi, agar u ogohlantirishdan keyin ham rulni tutmasa, avtopilot safar yakunlangunicha, o‘chadi.
Tekshiruv, shuningdek, Tesla mashinalarida rulni avtomatik boshqarish rejimi paydo bo‘lganidan keyin, avariyalar soni 40 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
YTH 2016 yilning 7 may kuni, shimoliy Floridada sodir bo‘ldi. Model S avtomobili shosse bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtida yuqori yorug‘lik tufayli yuk mashinasining tirkamasi tagiga old qismi bilan kirib ketgan. Buning oqibatida 40 yoshli Joshua Braun halok bo‘ldi. Tesla vakillarining qayd etishicha, agar avtomobil tirkamaning oldi yoki orqa qismiga urilganida, xavfsizlik vositalari haydovchining jonini saqlab qolishi mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi