O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatilmoqda, deya xabar berdi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.
Mart oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda avtotransport vositalarining umumiy savdosi deyarli 109 ming donani tashkil etdi va avtomobil bozori oy davomida 5,8 foizga qisqardi.
Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziInfografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Mart oyida 96,5 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu fevralga nisbatan 12,1 foizga kam. Hududlar bo‘yicha Surxondaryo, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida yengil avtomobillar bozorida savdo hajmining eng katta pasayishi qayd etildi.
2024 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillar savdosi 3,2 foizga qisqarib, 334,3 mingta avtomobilni tashkil etdi.
Birlamchi bozor
Birlamchi yengil avtomobillar bozorida pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Oy davomida sotuvlar 16,7 foizga kamaygan holda 24 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etdi. Shu bilan birga, avtomobil bozorining bu segmenti 2023 yilga nisbatan biroz o‘sdi (0,2 foizga).
Bundan tashqari, oy davomida mamlakatda ishlab chiqarilgan 19,54 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu 2023 yilning mart oyiga nisbatan 17,2 foizga kam.
Import avtomobillar
Oy davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori savdosi 13,7 foizga pasaydi. Mart oyida jami 2,3 mingta xorijiy avtomobillar sotilgan. 2023 yilning mart oyiga nisbatan sotuvlar 20 foizga kamaydi.
Ikkilamchi bozor
Martda yengil avtomobillar ikkilamchi bozorida sotuvlar 10,6 foizga kamaydi. Oy davomida jami 74,6 mingta haydalgan yengil avtomobil sotilgan. Yillik ko‘rsatkichlarda 16 foizlik sezilarli pasayish kuzatildi.
Elektromobillar bozoridagi vaziyat
Mutaxassislar mart oyida elektromobillar bozori mo‘tadillasha boshlaganini qayd etgan. Oy davomida yengil elektromobillar savdosi atigi 0,1 foizga oshgan. Yillik hisobda sotuvlar 2,4 barobar ko‘paygan. 2024 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, savdo hajmi ham 3,7 barobarga ko‘payib, 8 mingta avtomobildan oshdi.
Eslatib o‘tamiz, fevral yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha turdagi avtomobillar savdosi oy davomida 20,4 foizga, yillik hisobda esa 6,3 foizga qisqargandi. Oy davomida yengil avtomobillarga bo‘lgan talab 14 foizga kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi