Bryussellik olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, chumolilar o‘zlarining oynadagi aksini taniy olar ekan. Ayrim primatlarga xos ushbu xususiyat odatda o‘zlik va ong borligidan dalolat hisoblanadi, deb xabar beradi «Daryo».
Belgiyalik entomologlar Mari-Kler va Rojer Kammer tadqiqot natijalarini 2015 yilda chop etgan edi. Tajribalar malla chumolilarda o‘tkazildi.
O‘ntacha hasharot ichida oyna bo‘lgan lotokka solib qo‘yildi. Uning qarshisida turgan chumolilar boshlarini va murtlarini qimirlatib, o‘z aksiga tegishga urinar edi.
Chumolilarning ikkinchi guruhi esa shaffof devor bilan bo‘lingan idishga solindi. Bu holda chumolilar shisha to‘siq hamda uning ortidagi boshqa chumolilarga hech qanday e’tibor qaratmadi.
Tajribalarning ikkinchi qismida olimlar hasharotlar boshining oldi qismi — klepiusga buyoq surtdi. Boshida ko‘kish dog‘ni ko‘rgan hasharotlar uni o‘chirishga urindi. Buyoq rangi xitin qobiq singari malla rangda bo‘lsa yoki boshning orqa qismida joylashsa, hasharotlar uni o‘chirishga urinmadi.
Shuningdek, ko‘k buyoq surtilgan hasharotlarga ularning qavmdoshlari hujum qilishi kuzatildi. Bundan olimlar chumolilar qavdoshlarini faqat xemoresepsiya yordamida emas, balki yuzidan ham tanishi haqida xulosa qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi