15:38 / 28.01.2017
6 834

Chilida o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga etdi

Chilida o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga etdi

Chili markaziy tumanlaridagi kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 11 kishiga etdi. Bu haqda Kun.uz xabar bergan.

Avvalroq to‘qqiz inson halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqagandi. Analitica portalining aniqlik kiritishicha, yong‘in oqibatida milliy o‘rmon korporasiyasining uch nafar xodimi, ikkita o‘t o‘chiruvchi, 2ta karabiner va to‘rt nafar mahalliy aholi vakili ham qurbon bo‘lgan.

Korporasiya ma’lumotiga ko‘ra, Chilida ayni kunlarda 119ta yong‘in o‘chog‘i qayd etilgan, zarar ko‘rgan o‘rmonlar umumiy maydoni esa 360 ming gektarga teng. Hukumatning xabar berishicha, mamlakatda so‘nggi soatlarda olov tarqalishiga aloqador bo‘lgan besh nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularga qo‘yilgan ayblovlar haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Meksika va Argentina o‘t o‘chiruvchilari chililik hamkasblariga yordamga etib kelgan. Yaqin orada ular safiga Portugaliya, Fransiya, Peru, Braziliya, Ispaniya o‘t o‘chirish xizmati xodimlari qo‘shiladi. Shuningdek, Rossiya Il-76 yong‘inga qarshi samolyoti bilan ham olovni o‘chirishda qatnashishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chilida o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga etdi