19:11 / 25.03.2017
5 093

Tramp greklarni yaxshi ko‘rishini aytdi

Tramp greklarni yaxshi ko‘rishini aytdi
Donald Tramp Oq uyda Gresiya milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda chiqish qilar ekan “Men greklarni yaxshi ko‘raman” deya aytib o‘tdi. Bu haqda Gresiya OAViga tayanib Kun.uz xabar berdi, ular Tramp chiqishi tasvirlangan videoyozuvni taqdim etishgan.

"Men greklarni yaxshi ko‘raman, juda ham yaxshi ko‘raman. Men Nyu-Yorkdan ekanligim esingizdan chiqmasin. U erda juda ko‘plab greklarni uchratish mumkin. Ular deyarli hamma joyda!" – dedi Tramp.

Tramp asli kelib chiqishi gresiyalik bo‘lgan Oq uy apparati rahbari Rayns Pribusni alohida ta’kidlab o‘tgan hamda u mamlakatdagi “eng ajoyib greklardan biri” ekanini ma’lum qilgan. Prezident asli kelib chiqishi gresiyalik bo‘lgan boshqa xodimlarni ham maqtab o‘tdi.

"Gresiya Mustaqillik kunida gresiyalik fuqarolar erkinliklari qaror topganini bayram qilishmoqda", - dedi Tramp.

Uning ta’kidlashicha, Oq uyda Gresiya mustaqillik kuni 30 yildan beri nishonlanib kelinadi, bu an’anaga Ronald Reygan asos solgan. Oq uydagi bayram tadbirida grek musiqasi va milliy raqslari ijro etildi.

Tadbir 24 mart kuni kechqurun o‘tkazildi. AQShda Gresiyadan Mustaqillik kunida vakil sifatida milliy mudofaa vaziri Panos Kammenos qatnashdi, u Qo‘shma Shtatlar mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokaralar ham o‘tkazdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp greklarni yaxshi ko‘rishini aytdi