20:55 / 07.04.2017
7 636

AQSh Suriya harbiy bazalariga raketa zarbalarini berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Suriya aviabazalariga zarba berish to‘g‘risida buyruq berdi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

“Bugun men kimyoviy hujum amalga oshirilgan Suriyadagi aviabazani mo‘ljalga olib harbiy zarba berishga buyruq berdim”, dedi Tramp Florida shtatida jurnalistlar qarshisida chiqishida. NBC xabariga ko‘ra, Trampning buyrug‘i bilan yana zarba berilishi mumkin.

AQSh prezidenti barcha madaniyatli millatlarni Suriyadagi qirg‘inga barham berish yo‘lida birlashishga da’vat qildi.

Avvalroq NBC harbiylar orasidagi manbalarga asoslanib, AQSh Qurolli kuchlari Xoms provinsiyasidagi harbiy bazaga 50ta raketa uchirganini xabar qilgan. Ular buni Idlib provinsiyasidagi kimyoviy hujumga javob sifatida talqin qilgan. Barcha raketalar Tomahawk turiga mansubdir

Fox News telekanalining xabariga qaraganda AQShning ikki kemasi hozir O‘rtaer dengizining sharqiy qismida turibdi. Ushbu Porter va Ross esmineslari Aegis raketadan mudofaa majmuasi va Tomahawk qanotli raketalariga egadir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Suriya harbiy bazalariga raketa zarbalarini berdi