date

AQSH Eronga 15 bandli tinchlik rejasini yuborgani ma’lum bo‘ldi

AQSH Eronga 15 bandli tinchlik rejasini yuborgani ma’lum bo‘ldi

AQSH Yaqin Sharqdagi mojaro va urushni tugatish maqsadida 15 bandidan iborat keng qamrovli rejani Eronga taqdim qildi. Bu ma’lumotni 24 mart, seshanba kuni The New York Times gazetasi ikki nafar xabardor amaldorga tayanib tarqatdi. Hujjat Pokiston orqali Eron rasmiylariga yetkazilgani xabar qilindi.

Isroilning N12 telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, rejada Eronning yadroviy qurol ishlab chiqishdan voz kechishi, boyitilgan uran zaxiralarini Xalqaro atom energiyasi agentligi (AEXA)ga topshirishi va mintaqada tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator choralar nazarda tutilgan.

Axios nashriga ko‘ra, AQSH prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Donald Trampga Eron rejaning bir nechta muhim bandiga, xususan, yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini topshirishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Ammo Tehron rasmiy munosabati hozircha aniq emas va bugungacha rad yoki tasdiq bildirmadi. Shuningdek, AQSH bilan hamkorlikda harakat qiluvchi Isroilning bu tinchlik rejasiga munosabati ham hozircha ma’lum qilinmagan.

Tramp 23 mart kuni Eron bilan “samarali muzokaralar” bo‘lib o‘tganini va energetika obyektlariga zarbalarni besh kunga to‘xtatishni buyurgani haqida xabar bergan edi. Eron esa bu bayonotni rad etib, muzokaralar bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Shu o‘rinda, Eron Tashqi ishlar vazirligi 24 mart kuni BMT Xavfsizlik kengashi va Xalqaro dengiz tashkilotiga “do‘st bo‘lmagan” deb baholangan kemalar, agar oldindan Tehron bilan harakatlarini kelishib olsa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi. Reuters agentligi esa hujjatda, bu qoidalarga rioya qilgan kemalarning xavfsiz harakat qilish huquqi saqlanishi ta’kidlanganini e’lon qildi.

Ayni paytda, Yaqin Sharqdagi mojaro va urush sababli Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali jahon nefti va suyultirilgan tabiiy gaz (STG) zaxiralarining taxminan 20 foizi tranzitini to‘xtatgani qayd etilmoqda. Bu vaziyat mintaqadagi energiya ta’minoti va global narxlar uchun muhim ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Eronga 15 bandli tinchlik rejasini yuborgani ma’lum bo‘ldi