07:53 / 25.04.2017
6 135

Putin: «Rossiyani eb qo‘ymasliklari uchun poylab o‘tirishga majburman»

Putin: «Rossiyani eb qo‘ymasliklari uchun poylab o‘tirishga majburman»
Rossiya federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Rus geografik jamiyatining vasiylik kengashi majlisida dengiz farishtalari dengiz iblislarini eb qo‘yishi haqida gapira turib, u ham Rossiyani birov eb qo‘ymasligi uchun tunu-kun qo‘riqlab o‘tirishga majbur bo‘layotganini aytib o‘tgan.

RGJning «Rossiyaning arktika suvlari suvosti olamini o‘rganish» mavzusida chiqish bo‘layotgan bir paytda, ba’zi bir chag‘anoqlilarning boshqalari bilan oziqlanishi haqidagi hujjatli filmdan kadrlar ko‘rsatib, hikoya qilishgan.

«Mening tushunishimcha, bu erda bir meduza ikkinchisi bilan oziqlanmoqda, shundaymi?» — deb so‘ragan Putin.

«Ha, bu meduzalar boshqa meduzalarni tutib eydi, 70 foiz parhez ozuqa», — deyishgan davlat rahbariga.

«Ikkinchi surat-chi? Farishta chig‘anoq iblisini egan joyi?» — so‘ragan prezident.

«Ha, dengiz farshtalari dengiz iblislari bilan oziqlanishadi», — degan suhbatdoshi.

«Men shug‘ullanayotgan ishda ham sizlarning ishlaringiz natijalari bilan yaqinroq tanishishga to‘g‘ri keladi... Bizni ham birortasi eb qo‘ymasin, deya doim atrofga alanglab qarashga majburman. Tabiatda ro‘y berayotgan hodisalarni kuzatish juda foydali», — deya o‘z so‘zini yakunlagan Putin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: «Rossiyani eb qo‘ymasliklari uchun poylab o‘tirishga majburman»