Shveysariyada tog‘ havosi xorijga sotila boshlandi. Ushbu biznesni yo‘lga qo‘ygan Swiss Alpin Air startapi shunday yo‘l bilan dunyoning eng ifloslangan shaharlarini toza havo bilan ta’minlamoqchi.
"Har yili sayyohlar Shveysariya Alplariga go‘zal manzaralardan zavq olish va sof tog‘ havosidan nafas olish uchun keladilar. Bu shunchaki bizda bor toza havoning eksport qilinishidir. Biz tog‘ buloqlaridan olingan suvni, shokolad va pishloqni eksport qilmoqdamiz. Nima uchun sof havoni eksport qilimaylik? Bu dunyodagi eng sof havodir", deb aytildi kompaniyada.
Alp havosi startapning sayti orqali 7 litrlik flakonlarda aerozol ko‘rinishida sotilmoqda. Bunday flakon 120 ta nafas olishga yetishi kerak. Bir dona aerozolni 21 dollardan yoki 6 ta flakonli to‘plamni chegirma bilan sotib olish mumkin.
Ishlab chiqaruvchilarning g‘oyasiga ko‘ra, ular eksport qilayotgan havo eng ifloslangan shaharlarda yashovchilarga bir nafas bo‘lsa ham toza kisloroddan bahramand bo‘lishga imkon beradi. Aerozolga, shuningdek, nafas olish uchun maxsus niqob qo‘shib beriladi.
Ayni vaqtda startap o‘z g‘oyasini ilgari surish uchun sarmoyachilar izlamoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi