«Chelsi», «Manchester Siti» va «Milan» jamoasining sobiq hujumchisi, hozirda esa siyosiy arbob bo‘lgan Jorj Vea Liberiya prezidenti etib saylandi. Vea davlat rahbari uchun saylovlarda o‘zining bosh raqobatchisi – Liberiya vitse-prezidenti Jozef Bokayning ustidan g‘alaba qozondi. 51 yoshli Veaning kutilmagan muvaffaqiyati haqida Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Sobiq futbolchi 2005 yilda o‘z davlati prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etgan va ovoz berishning ikkinchi turida saylovchilarning 40 foizdan ortiq ovozlarini qo‘lga kiritgandi, biroq yakunda Elen Jonson-Serlifga yutqazib qo‘ygan. Endilikda, Vea uni davlat rahbari lavozimida almashtiradi.
Vea 1995 yilgi «Oltin to‘p» sovrini sohibi sanaladi. Shuningdek, u 3 marta (1989, 1994, 1995) Afrikaning eng yaxshi o‘yinchisi, deb tan olingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi