15:15 / 31.10.2017
11 278

Ushbu bahaybat kaltakesak o’zini kuchukcha deb o’ylaydi chog’i...

Ushbu bahaybat kaltakesak o’zini kuchukcha deb o’ylaydi chog’i...
Skott va Ays ismli juftlik uy jonivori sifatida 10 kilogrammli bahaybat kaltakesakni parvarishlashadi. Kaltakesak ham o’zini kuchukcha deb hisoblaydi chog’i, bir zumda bo’lsa-da sohibasining qo’lidan tushmaydi.

“Uyda uning uchun barcha qulayliklar bor va u kelib biz bilan birga uxlashni yaxshi ko’radi” deydi Skott. Odatda, kaltakesaklar o’ta mehribon jonivor bo’lmaydilar, ammo bu kaltakesak boshqa “o’rtoq”laridan farq qiladi, deydi xorijiy nashrlar.

Kaltakesakning laqabi Makgiver bo’lib, uning Instagram va Feysbuk ijtimoiy tarmoqlarida o’z akkaunti bor. Internetda ushbu kaltakesak shu qadar mashhur bo’lib ketganki, Ays va Skott o’z familiyalarini oshkor etishni ham istashmaydi. Shunday qilsalar, Makgiverni o’g’irlab ketishlaridan qo’rqadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ushbu bahaybat kaltakesak o’zini kuchukcha deb o’ylaydi chog’i...