23:40 / 08.01.2019
3 748

Turkiya Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazish uchun AQShdan ruxsat so‘ramaydi

Turkiya Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazish uchun AQShdan ruxsat so‘ramaydi
Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Anqara Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazish uchun Vashingtondan ruxsat so‘ramasligini ma’lum qildi.
Qalin shu bilan birga Turkiya operatsiya boshlanishi haqida AQShni xabardor qilishini qo‘shimcha qilgan.

“AQShda ularni ogohlantirmasdan operatsiyamizni boshlash noto‘g‘ri bo‘lishi haqidagi fikrlar aytildi. Biz xabardor qilish, birgalikda harakat qilishga doim tayyormiz, biroq hech kimdan ruxsat so‘ramaymiz”, deb aytgan Qalin.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligida Anqaraga Suriyaning Frot daryosidan sharqdagi hududidan terrorchilarni siqib chiqarish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazishiga hech kim xalaqit qila olmasligi aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazish uchun AQShdan ruxsat so‘ramaydi