19:12 / 13.03.2019
6 824

Tojikistonda politsiya uchun yangi forma namunalari taqdim etildi (foto)

Tojikistonda politsiya uchun yangi forma namunalari taqdim etildi (foto)
Tojikistonda IIVni isloh qilish boʻyicha ehtimoliy donorlar tojik politsiyasi formasining yangi namunalari bilan tanishdilar.

12 mart kuni mamlakat Milliy kutubxonasida militsiyadagi islohotlar boʻyicha ishchi guruhi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda xalqaro tashkilotlar, YEXHT, Yevropa ittifoqi, BMT Taraqqiyot Dasturi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, AQSH, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Angliya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar elchixonalari va bir qator xalqaro hamda jamoat tashkilotlari xodimlari qatnashdi.

Tadbirda ishtirok etayotganlarga tojik militsiyasi formasining yangi namunalari taqdim etildi.

Shu bilan birga, “AP”ning respublika IIVdagi manbaga asosan xabar berishicha, yigʻilishdagi asosiy masalaga tojik militsiyasini politsiya deb nomlash uchun donorlar qidirish aylandi.

Foto: Tojikistonda IIV
“Davlat tomonidan ajratilgan byudjet mablagʻlari tojik militsiyasini politsiya deb nomlash, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun yangi formani yaratishga yetarli emas. Kutilishicha, yigʻilish yakunlari boʻyicha donorlar ushbu maqsadlar uchun zarur mablagʻlarni taqdim etadi”, - deya taʼkidlab oʻtdi manba.

Uning soʻzlariga koʻra, ichki ishlar xodimlarining yangi formasi namunalari tayyor, ammo ularni keng koʻlamda ishlab chiqarish uchun yetarli mablagʻ yoʻq.

Birinchi navbatda, kutilishicha, yangi formada odatiy “Militsiya” soʻzi oʻrniga “Politsiya” soʻzi paydo boʻladi. Avvalo, Dushanbe shahridagi PPX, DAN xodimlari va uchastka inspektorlari u bilan taʼminlanadi.

Yangi forma oq, kulrang, quyuq koʻk rangda boʻlishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil yanvar oyi oʻrtalarida Toshkent shahar IIBB ichki ishlar boʻlimlari rahbarlari deputatlar tomonidan tasdiqlanishi, xodimlar yangi forma bilan taʼminlanishi haqida xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda politsiya uchun yangi forma namunalari taqdim etildi (foto)