16:50 / 10.04.2019
3 599

Nazarboyev o‘z partiyasini zudlik bilan prezidentlikka nomzod ko‘rsatishga chaqirdi

Nazarboyev o‘z partiyasini zudlik bilan prezidentlikka nomzod ko‘rsatishga chaqirdi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zi rahbarlik qiladigan Nur Otan partiyasini zudlik bilan s’ezd o‘tkazish va prezident saylovlarida ishtirok etish uchun nomzod ko‘rsatishga chaqirdi.

"Kecha Qosim -Jomart Toqayev qonuniy huquqidan foydalanib, Qozog‘iston prezidentligiga muddatidan oldin saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Saylov hukumat qonuniyligini va mamlakatdagi barqarorlikni ta’minlashni mustahkamlash uchun zarur. Endi biz partiya s’ezdini o‘tkazib, bo‘lajak prezident sayloviga nomzodni ilgari surishimiz kerak", - degan Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni iste’foga chiqdi. Bunga qadar mamlakat parlamenti senatining raisi bo‘lgan Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbariga aylandi. Seshanba kuni To‘qayev respublika prezidenti lavozimi uchun muddatdan oldingi saylovlar 9 iyun kuni bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev o‘z partiyasini zudlik bilan prezidentlikka nomzod ko‘rsatishga chaqirdi