11:30 / 29.07.2019
2 826

O‘zbekistonlik shaxs aeroportdagi ventilyatsion shaxta orqali Koreya hududiga kirishga urindi

O‘zbekistonlik shaxs aeroportdagi ventilyatsion shaxta orqali Koreya hududiga kirishga urindi
Koreyalik rasmiylar mamlakatga uch nafar sayyoh - Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarini kiritmadi. Ammo erkaklarda mamlakatga kirish istagi juda kuchli bo‘lgan, shu sababdan ular o‘zaro til biriktirdi hamda ventilyatsion shaxtalar orqali kirishga urindi. Buning uchun ular aeroport hojatxonasi tomini ochishga majbur bo‘lishdi, deb yozadi Kun.uz. Ammo ular qo‘lga olingan.

Seuldagi Incheon xalqaro aeroporti uchish zonasidan hojatxona tomi orqali qochishga urinish chog‘ida xavfsizlik xizmati uch nafar erkakni qo‘lga oldi. Bundan oldin, 34 yoshli rossiyalik, 26 yoshli o‘zbekistonlik va 25 yoshli qozog‘istonlik shaxs Koreyaga kirishga harakat qilgan, ammo ularga ruxsat berilmagan.

Koreyalik rasmiylarning fikricha, sayyohlar niqobi ostida erkaklar noqonuniy ish topish maqsadida mamlakatga kirishga uringan. Ularni vataniga qaytarib yuborishga qaror qilishgan.

Qo‘lga olinganlar deportatsiya qilinuvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus xonaga joylashtirildi. Bir xonada bo‘lishganida, ular o‘zaro tanishgan va aeroportdan qochib, Janubiy Koreya hududiga noqonuniy kirishga qaror qilishgan.

Ular hojatxonaga yo‘l olib, tomni ochishgan va panjarani sindirishgan, so‘ng ventilyatsion shaxtalar hamda texnik o‘tish joylari orqali aeroport binosining boshqa qanotiga o‘tishgan. Qo‘riqchilar qochishga uringan erkaklarni qidira boshladi. Natijada, uch nafar shaxs aeroport xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik shaxs aeroportdagi ventilyatsion shaxta orqali Koreya hududiga kirishga urindi