06:00 / 22.08.2019
3 382

Grenlandiyaning narxi qancha?

Grenlandiyaning narxi qancha?
Foto: «ZME Science»
AQSh prezidenti Donald Tramp, Grenlandiya chindan ham sotilgudek bo‘lsa, naq 10 trillion dollar to‘lashiga to‘g‘ri kelardi. «KP.ru» xabariga ko‘ra, buni Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti moliyaviy menejment kafedrasi professori Konstantin Ordov hisoblab berdi.

Hisob-kitob turdosh orollarning bir kvadrat kilometri 5 million dollar turishidan kelib chiqib amalga oshirildi.
Grenlandiya maydoni 2 130 800 kvadrat kilometrligi va inflyatsiya darajasi nazarda tutilsa, rossiyalik professorning xomcho‘tlariga ko‘ra, orolning narxi — taxminan 10 trln. dollar.

«Bu esa AQSh yalpi ichki mahsulotining yarmidan kattaroq va iqtisodiy samarasi juda shubhali», — dedi Ordov.
Uning hamkasbi, shu universitet dotsenti Aleksandr Timofeyevning fikricha, Tramp bekorga Grenlandiyaga ko‘z tikayotgani yo‘q. Bu muzliklar ostida oltin, platina, nodir metallar va neft zaxiralari bor.

AQSh prezidentining Grenlandiyani sotib olish rejasi haqida xabar bergandik.
Grenlandiyaliklarning o‘zi esa AQShning rejalarini eshitib hayron qolishgan va sotilmaliklarini rasman ma’lum qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grenlandiyaning narxi qancha?