08:53 / 08.12.2019
7 615

Asrimiz fojeasiga aylanayotgan Viktoriya sharsharasi haqida

Asrimiz fojeasiga aylanayotgan Viktoriya sharsharasi haqida
Asrimizning eng katta yo‘qotishlaridan biri bo‘lishi mumkinligi kutilayotgan Viktoriya sharsharasining qurib qolishi dunyo ahlini xavotirga solmoqda. Negaki, Afrika janubidagi eng katta sayyohlik maskanlaridan biri bo‘lgan Zambezi daryosi va undagi Viktoriya sharsharasi bu yilgi quruq mavsumda misli ko‘rilmagan darajadagi qurg‘oqchilikni boshdan kechirmoqda.

Afrikaning janubidagi Zambezi daryosidan toshib turadigan Viktoriya sharsharasi millionlab dam oluvchilarni Zimbabve va Zambiyaga jalb qilib kelardi. Tabiiyki, bu tabiat mo‘’jizasiga qiziqib keluvchilar soni keskin tushib ketyapti. Bu holat esa shu yerli aholining ta’minot sohalari: energetika, savdo-sotiq va oziq-ovqat tizimiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

30 yoshli hunarmand sotuvchi Dominik Nyambe Zambiyaning Livingstondagi do‘koni oldida savdo qiladi hamda u bu yilgi qurg‘oqchilik mavsumi avval hech ham kuzatilmagani, sayohatchilar oqimi pasaygani bois savdo ham deyarli to‘xtab qolganini aytdi. Zambezi daryosiga qurilgan GES faoliyati to‘xtagani sababli aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari ham ko‘payganligini qo‘shimcha qildi.

45 millionga yaqin odam yuqorida qayd etilgan muammolar girdobida azob chekayapti. Odamlar bilan gavjum bo‘lgan ajoyib tabiat go‘shasi endilikda quruq xarsang toshlardan iborat bo‘lib qolgani achinarli holatdir. Bunday qurg‘oqchilikni keltirib chiqargan omil tabiatni zaharlovchi issiqxona gazlari bo‘lishi mumkinligi haqida bir qancha mutaxassislar fikr bildirishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Asrimiz fojeasiga aylanayotgan Viktoriya sharsharasi haqida