date

Ketma-ket mojarolar Isroil iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi

Ketma-ket mojarolar Isroil iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi

Ketma-ket davom etayotgan harbiy to‘qnashuvlar Isroil iqtisodiyotiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xususan, mamlakat bir vaqtning o‘zida uch yo‘nalishda — XAMAS bilan urush, “Hizbulloh” bilan to‘qnashuvlar hamda Eron bilan keskin qarama-qarshilik sharoitida harakat qilmoqda.

Isroil Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan buyon to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy yo‘qotishlar 57 milliard dollarga yetgan.Bu esa mamlakat iqtisodiy barqarorligiga jiddiy bosim o‘tkazayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, Eron va Livan bilan keskinlikning kuchayishi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.Harbiy xarajatlarning keskin ortishi natijasida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning qariyb 70 foiziga yaqinlashgan.

Bundan tashqari, eksport hajmlarining pasayishi ham iqtisodiy muammolarni chuqurlashtirmoqda.Mutaxassislar fikricha, agar mojaro davom etsa, bu holat Isroil iqtisodiyotiga uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ketma-ket mojarolar Isroil iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi