07:33 / 22.12.2019
2 731

Tvitter Saudiya Arabistonida ochilgan qariyb 90 ming akkauntni yopdi: “Yolg‘on tarqatyapti”

Tvitter Saudiya Arabistonida ochilgan qariyb 90 ming akkauntni yopdi: “Yolg‘on tarqatyapti”
Tvitter ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati Saudiya Arabistonida ochilgan 88 ming akkauntni yopishga qaror qildi. Tarmoq bayonotida aytilishicha, bu akkauntlardan kamida 6 mingtasi Saudiya Arabistoni hukumati targ‘iboti bilan shug‘ullangan va uning rahbatlari haqida ijobiy ma’lumotlarni tarqatgan.

Bu akkauntlar orqali noto‘g‘ri ma’lumot va reklamalarni o‘z ichiga olgan elektron maktublar jo‘natilgani aniqlangan.

Targ‘ibot ishlarini Saudiya Arabistonidagi Smaat nomli ijtimoiy media va marketing kompaniyasi olib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu kompaniya davlat tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritish bilan ham shug‘ullanadi. Kompaniya va uning rahbarlarining Tvitterdan foydalanishi taqiqlab qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tvitter Saudiya Arabistonida ochilgan qariyb 90 ming akkauntni yopdi: “Yolg‘on tarqatyapti”