Foto: vb.kg
Qirg‘iziston prezidentining TU-154 samolyoti 20 dekabrda texnik nosozlik sababli Sankt-Peterburdan ucha olmadi. Bu haqda Qirg‘iziston omaviy axborot vositalari Qirg‘iziston transport va yo‘llar vazirligi qoshidagi fuqarolik aviatsiyasi agentligiga asoslanib ma’lum qilgan.
Shu sababli Sankt-Peterburgda Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan Sooronbay Jeenbekov Bishkekka oddiy reysda qaytishiga to‘g‘ri kelgan.
Avvalroq qirg‘izistonlik deputatlar prezident samolyotining o‘zgartirilishini bir necha bor taklif qilishgan. Jumladan, deputat Abtandil Kulbarakov 2018 yilda parlament yig‘ilishlaridan birida Jeenbekovning bunday eski samolyotda uchishi nomaqbulligini aytgan.
“Davlat rahbari 1993 yilda ishlab chiqarilgan TU-154’da uchadi. U 25 yil avval ishlab chiqarilgan. Men bu samolyotda ishchi safarlar vaqtida parvozlar amalga oshirilishini tushunishim mumkin, ammo rasmiy safarlar vaqtida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Boz ustiga, bunday vaqtda prezidentga hukumat a’zolari, deputatlar va jurnalistlar hamrohlik qiladi”, deb aytgan deputat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi