Tez ozishga yordam beruvchi mahsulotlar

  • 11 aprel 2017, 18:19
  • 12 382
  • Hayot tarzi
  • Tez ozishga yordam beruvchi mahsulotlar
    Qattiq parhezlar va ochlikning ommabopligi yo‘qola boshladi. Hozir parhezli, muvozanatli, keskin cheklovlar va taqiqlarsiz to‘g‘ri ovqatlanish ommabop bo‘lib ketdi. Agar siz sog‘lom bo‘lishni va ozishni xohlasangiz, bizning ro‘yxatdagi ovqatlarni kunlik iste’molingizga qo‘shib sinab ko‘ring.

    Yasmiq (chechevisa)

    Bu ozuqaviy xususiyatlari go‘shtniki bilan tenglashtirilgan oziq-ovqatlardan biridir. Yasmiq ochlikni yaxshi qondiradi va to‘qlik hissini uzoq vaqt saqlashga yordam beradi.

    Kurka to‘shi

    Kurka to‘shi bebaho parhezli oziq-ovqat hisoblanadi. Kurka go‘shti tovuq go‘shtiga qaraganda protein va aminokislotalarga boyligi bilan ustunroq turadi. Uning tarkibi organizmda modda almashishini tartibga solib turuvchi natriy moddasiga juda boy.

    Ismaloq

    Bir piyola xom ismaloqda A va B9 vitaminlari, makro va mikroelementlar va ko‘plab K vitaminlari sutkalik normasining qariyb yarmiga teng miqdori mavjud. Uning tarkibidagi sabzavotlarda juda kam uchraydigan vitaminlar va minerallar modda almashishini yaxshilaydi va organizmni zarur elementlar bilan ta’minlaydi.

    Qatiq

    Bu achitilgan sut mahsulotining tarkibiga vitaminlar, mikroelementlar, organik kislotalar va probiotiklar kiradi. Probiotiklar hazm qilishni yaxshilaydi va modda almashinishini normallashtiradi. Organizmning normal faoliyat ko‘rsatishi va vaznni kamaytirish uchun har kuni uxlashdan oldin bir piyoladan qatiq ichish tavsiya qilinadi.

    Manba: «Daryo»

    » » Tez ozishga yordam beruvchi mahsulotlar