Qaysi jins vakillarining miyasi tezroq qarishi aniqlandi

1 daqiqa o'qish1.3K
Qaysi jins vakillarining miyasi tezroq qarishi aniqlandi

Norvegiyaning Oslo universiteti olimlari erkak miyasi ayollarning miyasiga qaraganda biroz ertaroq qarishini aniqladi. Bu tadqiqot “Proceedings of the National Academy of Sciences” (PNAS) jurnalda e’lon qilindi.

Tadqiqotda 17 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan 4 726 nafar sog‘lom shaxsning 12 638 ta MRT tasvirlari tahlil qilingan. Har bir ishtirokchi kamida ikki marta, taxminan uch yillik interval bilan tekshirilgan, bu miyadagi o‘zgarishlarni vaqt davomida solishtirish imkonini bergan.

Mutaxassislar bosh miya qoplamining qalinligi va maydoni, shuningdek oq va ko‘krang moddalar hajmini baholagan. Ma’lum bo‘lishicha, erkaklarda miya hajmi kichrayishi va qoplam yupqalashishi ayollarga qaraganda ozroq tezroq sodir bo‘lgan, ayniqsa ko‘rish va xotira bilan bog‘liq hududlarda. Ayollarda esa o‘zgarishlar faqat chaqka bo‘lagida qayd etilgan. Farq juda kichik — qoplam qalinligi yil davomida atigi bir necha foizga o‘zgargan.

Yosh va umr davomiyligi natijalarga ta’sirini inobatga olganda, jinslar orasidagi farq deyarli yo‘qolgan. Bu miyaning tabiiy qarishi ayollarda Alsgeymer kasalligi ko‘proq uchrashining asosiy sababi emasligini ko‘rsatadi.

Tadqiqot muallifi Anne Ravndal ta’kidlaganidek, demensiya ayollarda ko‘proq uchrashi ehtimol, umr davomiyligi, genetika yoki tashxis qo‘yishdagi xususiyatlar bilan bog‘liq.

Kelajakda tadqiqot guruhi miya tuzilishidagi o‘zgarishlar xotira va kognitiv funksiyalarga qanday ta’sir qilishini o‘rganishni rejalashtirmoqda. Erkak va ayollarda bir xil darajadagi o‘zgarishlar turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?