Shohruhxon Asal bilan dueti haqidagi sirni ochdi

Xonanda Shohruhxon rafiqasi Asal Shodiyeva bilan kuylagan dueti juda qisqa vaqt ichida yaratilganini ma’lum qildi.
Jurnalistlardan biri xonandaga:
“Asal Shodiyeva bilan duet kuylashingizni kutgan edik. Ushbu qo‘shiq qanday yaratildi?” deya savol berdi.
Shohruhxon esa javobida:
“Asal Shodiyeva bilan duetimiz yozilganiga hali 24 soat ham bo‘lmadi. Kecha oqshom, tun yarmida yozdik va ertalabgacha tayyor bo‘ldi”, — dedi.
Shundan so‘ng unga yana:
“Bu duet avvaldan rejalashtirilmaganmi?” degan savol ham berildi.
Xonanda bu borada shunday izoh berdi:
“Albatta, rejalashtirganmiz. Bir nechta qo‘shiq variantlari ham bor edi. Lekin vaqt bo‘lmadi. Oxiri esa so‘nggi umid sifatida o‘sha kuni yozdik”, — dedi u.
Bu ma’lumot muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va duetning qisqa vaqtda yaratilgani ko‘pchilikni hayratga soldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!