26 mart uchun rasmiy valyuta kurslari e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 26 mart, 2026 yil kuni amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy qiymatlarini e’lon qildi. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sanada barcha asosiy valyuta birliklari pasayish tendensiyasini namoyish etdi.
Amerika dollari kursi 24,39 so‘mga arzonladi va 12 171,61 so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, Yevro kursi ham 23,41 so‘mga pasayib, 14 117,85 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,94 so‘mga arzonlab, 149,80 so‘mga teng bo‘ldi.
Shuningdek, Funt sterling 39,99 so‘mga arzonlab, 16 306,31 so‘mni, Shveysariya franki esa sezilarli darajada — 97,60 so‘mga pasayib, 15 407,10 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani kursi 6,16 so‘mga arzonlab, 1 763,92 so‘mga tushdi. Yapon iyenasi esa 0,28 so‘mga pasayib, 76,60 so‘m bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!