date

Ozoda Nursaidovaning Celin brendidagi $1900 lik oyoq kiyimi muhokamalarga sabab bo'lmoqda

Ozoda Nursaidovaning Celin brendidagi $1900 lik oyoq kiyimi muhokamalarga sabab bo'lmoqda

Ozoda Nursaidova yaqinda Celin brendining 1900 dollarlik oyoq kiyimida jamoatchilik oldida ko‘rinish berdi.
U bilan intervyuda "Brend kiyinasizmi o‘zingiz?" degan savol berildi.

Ozoda shunday javob berdi: "Ha, masalan, oyoq kiyimim 1900 dollarlik Celin brendidan. Buni nimasi yomon? Xalq uchun chiroyli ko‘rinsak, estetik kiyinsak, shunga yarasha mehnat qilamiz. Hamma uxlasa, biz ishlaymiz. Men o‘ylaymanki, bu yerda qanaqadur bir narsani yasash yoki shov-shuv qilish yo‘q. Ozodbek Nazarbekovlar necha yillik san’atkor, ularning ham kiyinishga haqqi bor. Bu mening shaxsiy fikrim."

Xonanda bu izoh bilan o‘z fikrini qat’iy himoya qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, estetik va professional mehnatga e’tibor berish san’atkorning shaxsiy tanlovi va prinsipidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ozoda Nursaidovaning Celin brendidagi $1900 lik oyoq kiyimi muhokamalarga sabab bo'lmoqda