14:46 / 19.02.2017
9 610

Xitoyda millionlab erkak bo‘ydoqlikka mahkum

Xitoyda millionlab erkak bo‘ydoqlikka mahkum

Xitoyda erkaklar va ayollar soni orasidagi farqning ortishi erkaklarning juft topishini qiyinlashtirib yubormoqda. 30 yoshdan oshgan bo‘ydoqlar o‘zlariga rafiqa topish ilinjida turli choralarni qo‘llashga majbur bo‘lmoqda, deya yozadi Hilol.uz sayti.

Xitoyda 30 yoshdan oshgan bo‘ydoq erkaklarni “shengnan” deyishadi. Bu “hamon o‘ziga juft topa olmagan” degan ma’noni anglatadi.

Xitoyda yaqin yillargacha amalga oshirilgan “bir oilaga – bir farzand” siyosati erkaklar sonining ayollarga nisbatan ancha ko‘payib ketishiga olib keldi. Bu siyosat 2015 yilda bekor qilindi, lekin uning ta’siri hali yillar davomida mamlakatni tark etmaydi.

2020 yilga borib Xitoyda turmush qurish yoshiga etgan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi farq o‘ttiz millionga etishi kutilmoqda. 2030 yilga borib esa xitoylik erkaklarning to‘rtdan biri “shengnan”ga aylanib qolishi mumkin.

Vaziyat shunday ekan, ayollarning qalbini egallash uchun erkaklar ancha ovora bo‘lishiga to‘g‘ri kelmoqda.

2015 yilda 40 yoshlik ishbilarmon o‘ziga mos juft topib berishi uchun “sovchilik” bilan shug‘illanuvchi firmaga 1 million dollar to‘laganiga qaramay, natijaga erisha olmagani va firmani sudga bergani haqidagi xabar tarqalgandi.

Guanjoulik kompyuter dasturchisi esa bir qizga 99 dona ayfon sovg‘a qilishiga qaramay, turmush qurish taklifiga rad javobi olgan va ijtimoiy tarmoqlarda hazil aralash shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda millionlab erkak bo‘ydoqlikka mahkum