O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev martda Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
Mazkur tashrif strategik hamkorlikning yangi bosqichini ochishi lozim, deya ta’kidladi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Rametov kirish so‘zida. «Hukumatlararo komissiyaning mazkur yig‘ilishini o‘tkazishda biz bo‘lib o‘tajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibini to‘ldirish bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida muhim tayyorgarlik tadbirlari sifatidagi aniq va muhim manfaatli loyihalarni ko‘rib chiqamiz», — dedi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari.
Qozog‘iston delegasiyasiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Askar Mamin boshchilik qilmoqda. Kirish so‘zida u ikki mamlakat hamkorligi tez sur’atlarda rivojlanayotgani, hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi har ikki tomonning ko‘p rejali hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqlashini ta’kidlab o‘tdi.
2016 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mahsulot ayriboshlash hajmi 2 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etdi.
Bugungi kunda mamlakatda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi 229 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 192 tasi QK va 37 tasi 100 foizlik xorijiy kapital asosida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi huzurida uchta Qozog‘iston firma va kompaniyasi akkreditasiyadan o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)