18:40 / 20.04.2024
252

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“O‘zgidromet” 22—24 aprel kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 22 aprelda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 22 aprelda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 22 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 aprelda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 aprelda 12-17 daraja, 23—24 aprelda 10-15 daraja, kunduzi 22—23 aprelda 22-27 daraja, 24 aprelda 24-29 daraja bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 aprelda 12-17 daraja, 23—24 aprelda 10-15 daraja, kunduzi 22—23 aprelda 22-27 daraja, 24 aprelda 24-29 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi. 22 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 23 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 aprelda qor ko‘chishi xavfi (2000 metrdan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari