19:01 / 13.01.2018
9 351

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
Tayinlovlar natijasida bitta vazir o‘rinbosari va 4 ta yangi boshqarma boshlig‘i o‘z vazifalarini bajarishga kirishdilar, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Podpolkovnik Baltaniyazov Rustem Toxtarbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Polkovnik Atabayev Muhammadjon Amangaldiyevich – Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Podpolkovnik Safarov Erkin Nasilloyevich – Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida, Podpolkovnik Zubaydullayev Mirzoxon Fayozovich esa – Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida o‘z ish faoliyatlarni boshlashdi.

Bundan tashqari Podpolkovnik Saidxo‘jayev Azizxon Sobirovich – Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi