“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Nizomga ko‘ra ushbu ko‘krak nishoni bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo‘shgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda fuqarolar taqdirlanadilar.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Maslahat kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Qarorga muvofiq, ushbu ko‘krak nishoni 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami arafasida topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi