06:00 / 25.01.2020
4 108

Yangi hafta boshida yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda

Yangi hafta boshida yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda 25 yanvardan 28 yanvargacha kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 25 yanvar, shanba kuni 0—5 daraja sovuq, 26 va 28 yanvarda 3—8 daraja sovuq, 27 yanvarda 0—5 daraja iliq, kunduzi 25 yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 26—28 yanvarda 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26—28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 25 yanvarda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 2—7 daraja iliq, 26—28 yanvarda kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26 yanvar, yakshanba kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 27—28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 yanvarda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 4—9 daraja iliq, 26 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq, 27—28 yanvarda kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26—28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25—26 yanvarda 0—5 daraja iliq, 26 yanvarda ba’zi joylarda 2 daraja sovuq, 27—28 yanvarda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 25 yanvarda 7—12 daraja iliq, 26—28 yanvarda 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 27—28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25 yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 26 yanvarda 0—5 daraja iliq, 27—28 yanvarda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 25—26 yanvarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 27—28 yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 25 yanvarda 0—5 daraja iliq bo‘ladi, 26—28 yanvarda 2—7 daraja sovuqqacha pasayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi hafta boshida yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda