date

O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til sanasi rasman e’lon qilindi

O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til sanasi rasman e’lon qilindi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til sanasi aniq bo‘ldi. Bu yil ta’til Ramazon Hayit munosabati bilan 20 mart kunidan boshlanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘quvchilar 28 martga qadar dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa, maktab o‘quvchilari bir haftadan ortiq vaqt davomida ta’tilga chiqib, kuch to‘plash imkoniga ega bo‘lishadi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bahorgi ta’til nafaqat dam olish, balki o‘quvchilarning sog‘ligini tiklash va yangi chorakka tayyorgarlik ko‘rish uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Ma’lum qilinishicha, 2025—2026 o‘quv yilining 4-choragi 30 mart kuni, dushanbadan boshlanadi. Ta’til yakunlangach, dars jarayonlari odatiy tartibda davom ettiriladi.

Shu bilan birga, ta’til kunlariga to‘g‘ri kelgan ayrim o‘quv mashg‘ulotlari ham e’tibordan chetda qolmaydi. Xususan, 20 mart (juma) va 28 mart (shanba) kunlariga mo‘ljallangan darslar keyinchalik 4-chorak davomida o‘quv dasturiga qo‘shimcha ravishda joylashtirilib, tig‘izlashtirilgan tartibda o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til sanasi rasman e’lon qilindi