O‘zbekiston bo‘ylab hayit namozi vaqtlari e’lon qilindi

2026 yil Ramazon hayitining birinchi kuni 20 mart, juma kuniga to'g'ri keladi. O'zbekiston musulmonlari idorasi hayit namozi vaqtlarini hududlar bo'yicha tasdiqladi: eng erta vaqt Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlarida 06:40, eng kech vaqt Qoraqalpog'iston Respublikasida 07:30 etib belgilandi. Toshkent shahar va Toshkent viloyatida namoz 06:50 da, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 07:00 da o'qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan hayit namozi ado etiladigan vaqtlarni belgilab chiqdi.
Ramazon hayiti namozining o‘qilish soatlari quyidagicha tasdiqlandi:
Andijon viloyati — 06:40
Farg‘ona viloyati — 06:40
Namangan viloyati — 06:40
Toshkent shahar — 06:50
Toshkent viloyati — 06:50
Sirdaryo viloyati — 06:55
Jizzax viloyati — 07:00
Samarqand viloyati — 07:00
Navoiy viloyati — 07:05
Buxoro viloyati — 07:05
Qashqadaryo viloyati — 07:05
Surxondaryo viloyati — 07:05
Xorazm viloyati — 07:25
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 07:30
Ma’lumot uchun, kecha — 18 mart kuni “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ham qabul qilindi.
Unga muvofiq, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 20 mart — juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2026 yil 20 mart sanasi Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.






























Izohlar 0
…