Edinson Kavani «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolaydi, maoshi - yiliga 8 million evro

  • 15-06-2016, 22:26
  • 1 621
  • Sport
  • Edinson Kavani «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolaydi, maoshi - yiliga 8 million evro

    «PSJ» hujumchisi Edinson Kavani jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Eslatib o‘tamiz, hujumchiga "Yuventus" va "Atletiko" tomonidan qiziqish bo‘layotgan edi. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.

    Urugvay terma jamoasining 29 yoshli hujumchisi «PSJ» bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va unga ko‘ra yiliga 8 million evro maosh olishi lozim. Shuningdek yana 2 million evro mukofot sifatida berilishi mumkin.

    Edinson Kavani o‘tgan mavsum Fransiya chempionatining 32 o‘ inida 19 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

    » » Edinson Kavani «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolaydi, maoshi - yiliga 8 million evro