date

Rednapp: Arsenal finalda darvozabon tanlovida jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi

Rednapp: Arsenal finalda darvozabon tanlovida jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi

Sobiq futbolchi va ekspert Jeymi Rednapp Angliya Liga kubogi finalida "Arsenal"ning "Manchester Siti"ga 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv taqdirini “shaharliklar” himoyachisi Niko O’Rayli hal qildi — u 60 va 64-daqiqalarda ikki marta darvozani ishg‘ol etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Rednapp fikricha, “Arsenal”ning finaldagi asosiy xatolaridan biri darvozabon tanlovi bo‘lgan. “Odamlar Kepa avvalgi bosqichlarda o‘ynagani uchun finalda ham maydonga tushishi kerak, deyishadi. Lekin u David Rayya kabi darajada emas. Shuning uchun u ikkinchi raqamli darvozabon. Savol tug‘iladi: nima uchun shunday muhim finalda birinchi raqamli darvozabonni tanlamaysiz? Bu jiddiy xatodir. Murabbiy bu qaror uchun javobgarlikni olishi kerak”, — dedi u.

Shuningdek, u Kepa Arrisabalaga va David Rayya o‘rtasidagi farqqa ham urg‘u berdi: “Kepa — yaxshi darvozabon, ammo Rayya undan ustun. Ha, kimdir Jeyms Trafford “Siti”ning asosiy darvozaboni emas, deyishi mumkin, lekin u uchta hal qiluvchi seyvni amalga oshirdi va keyin o‘yinda katta bosimga duch kelmadi”.

Ma’lumot o‘rnida, Kepa Arrisabalaga joriy mavsumda Premer-ligada hali birorta o‘yinda ishtirok etmagan, asosan kubok bahslarida maydonga tushgan. Bu esa finaldagi tanlov yanada ko‘proq bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rednapp: Arsenal finalda darvozabon tanlovida jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi