"Tottenxem" bosh murabbiyi Igor Tudor otasidan ayrildi

“Tottenham” bosh murabbiyi Igor Tudorning otasi Mario Tudor vafot etdi. Oilaviy fojia sababli Tudor “Nottingham Forest”ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida qatnashmadi, uning o‘rniga yordamchisi Bruno Saltor jurnalistlarga vaziyatni tushuntirdi. Tudor yaqinda Tomas Frank o‘rniga tayinlanib, London klubini boshqara boshlagan edi. Uning qo‘l ostidagi yetti o‘yinda “Tottenham” besh marta mag‘lub bo‘lib, bir g‘alaba va bir durang qayd etdi.
Xorvatiyaning Sportske sport nashri xabariga ko'ra, "Tottenham" bosh murabbiyi Igor Tudorning otasi vafot etdi. Mario Tudorning o'limi "Tottenham" Premyer liganing 31-turida "Nottingham Forest"ga 3:0 hisobida mag'lub bo'lganidan ko'p o'tmay ma'lum bo'ldi.
Oilaviy fojia sababli Tudor o'yindan keyingi matbuot anjumanida ko'rinmadi. Uning o'rniga yordamchisi Bruno Saltor qatnashib, vaziyatni jurnalistlarga tushuntirdi. “Bu shaxsiy, oilaviy masala. Hozir uning gapirishi uchun to'g'ri vaqt emas, shuning uchun bu yerda men turibman,” dedi Saltor.
Tudor yaqinda Tomas Frank o'rniga tayinlanib, London klubini boshqara boshlagan edi. Hozircha xorvatiyalik murabbiy qo'l ostida natijalar qiyin kechmoqda. Tudor zaxira o'rindig'ida bo'lgan yetti o'yinda "Tottenham" besh marta mag'lub bo'ldi, bir g'alaba va bir durang qayd etdi.































Izohlar 0
…