23:03 / 18.04.2015
6 128

Lionel Messi “Barselona” tarkibida rasmiy uchrashuvlardagi 400-golini kiritdi

Lionel Messi “Barselona” tarkibida rasmiy uchrashuvlardagi 400-golini kiritdi

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 32-turida “Valensiya”ga qarshi kechgan uchrashuvda gol urib, jamoa g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu futbolchining “Barselona” tarkibida rasmiy o‘yinlardagi 400-goli bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.

27 yoshli futbolchi “Barselona” tarkibida Primerada 278ta, Chempionlar ligasida 75ta, Evropa Superkubogida 1ta, Ispaniya kubogida 32ta va Ispaniya Superkubogida 10ta, shuningdek, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Messi “Barselona”dagi o‘zining ilk rasmiy uchrashuvini 2004 yilning oktyabr oyida o‘tkazgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi “Barselona” tarkibida rasmiy uchrashuvlardagi 400-golini kiritdi