Gvardiola “Liverpul”ga qarshi muhim o‘yin oldidan Husanov haqida gapirdi

“Manchester Siti” Angliya klublari orasida mavsumning ilk sovrinini qo‘lga kiritgan jamoa sifatida tarixda qoldi. Xosep Gvardiola shogirdlari yaqinda Angliya ligasi kubogi finalida joriy chempionat peshqadami “Arsenal”ni 2:0 hisobida yengib, g‘oliblik sharafiga erishdi.
Finalda juda ishonchli harakat qilgan Abduqodir Husanov professional faoliyati davomida legioner sifatida ilk nufuzli sovriniga ega bo‘ldi va o‘z qobiliyatini yana bir bor tasdiqladi.
Endi “shaharliklar”ni yana bir muhim va qiyin uchrashuv kutib turibdi. Ular o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Angliya kubogi chorak finalida mamlakatning amaldagi chempionlari “Liverpul” bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuv nafaqat jamoa uchun, balki muxlislar va sport ahli uchun ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Finalga tayyorgarlik ko‘rayotgan Gvardiola markaziy himoyachi Husanov va yarim himoyachi Niko Gonsalesning ahamiyati haqida fikr bildirdi:
- Husanov va Niko Gonsales — bu o‘z holatiga hech qachon ko‘nikib qolmaydigan va hech narsani o‘z-o‘zidan yuz beradi, deb qabul qilmaydigan o‘yinchilar. Ular tinimsiz qattiq mehnat qiladi va hatto besh daqiqa yoki bir daqiqaga bo‘lsa ham maydonga tushishga har doim tayyor. Jamoada bunday sodiq va mehnatsevar o‘yinchilar borligidan men mamnunman, — dedi Xosep Gvardiola City Xtra nashriga.
Manchesterliklarning faoliyatini yoritib kelayotgan cityxtra.co.uk sayti ekspertlari ham Husanovning “Liverpul” bilan bo‘ladigan kubok bahsida asosiy tarkibda maydonga tushishini kutmoqda.
- Bu mavsumda ikki marta jamoaning “oy futbolchisi” bo‘lgan yagona o‘yinchi Husanov bir necha bor dunyoning eng kuchli hujumchilariga qarshi samarali harakat qilishini isbotladi. Bu o‘yin unga o‘z qobiliyatini yana bir bor namoyon qilish imkonini beradi, — deydi ekspert Josh Uebb.
Shuningdek, “Liverpul” bu mavsumda ayrim qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa-da, ular hali ham har qanday himoyani sinab ko‘rishga yetarli kuchga ega. Husanovning tezligi, kuch-quvvati va maydondagi taʼsirchan harakatlari bu tahdidga qarshi ideal javob bo‘lishi aniq.
- "Liverpul” bu mavsumda qiyinchilikka duch kelayotgan bo‘lsa-da, jamoada hali ham har qanday himoyaga muammo tug‘dirishga yetarli hujum salohiyati bor va Abduqodir Husanovning tezligi hamda kuch-quvvati bu tahdidga qarshi ideal javob bo‘lishi aniq, - deb yozdi mazkur manba eksperti Josh Uebb.
Angliya kubogi chorak final bahsi 4 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da start oladi. Muxlislar uchun bu uchrashuv nafaqat qiyin, balki katta intriga va qiziqish uyg‘otadigan voqea bo‘lishi aniq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!