date

Ruy Borjesh: “Sporting” g‘alabaga yaqin edi, ammo omad yetishmadi

Ruy Borjesh: “Sporting” g‘alabaga yaqin edi, ammo omad yetishmadi

Lissabonning “Sporting” klubi bosh murabbiyi Ruy Borjesh Chempionlar ligasi chorakfinali doirasida Londonning “Arsenal” jamoasiga qarshi kechgan bahsdagi mag‘lubiyat (0:1) haqida o‘z munosabatini bildirdi.

Mutaxassisning fikricha, uchrashuv ko‘p jihatdan teng va kurashlarga boy o‘tgan. Ayniqsa, to‘pga egalik qilish borasida ham jamoalar deyarli bir xil ko‘rsatkich qayd etgan. Biroq Borjesh taʼkidlaganidek, “Sporting”ning hujumlari ancha xavfli va golga yaqin bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa maydonda o‘yinni nazorat qilishga muvaffaq bo‘lgan va futbolchilarning harakatidan u mamnun. Butun uchrashuv davomida “Sporting” bir necha bor gol urishga yaqin kelgan, ammo hal qiluvchi zarbalarda omad yetmagan.

"Ko‘p jihatdan, hattoki to‘pga egalik qilish bo‘yicha ham, deyarli teng o‘yin bo‘ldi. Bizning hujumlar xavfliroq, golga yaqinroq edi. Biz o‘yinni nazorat qildik. To‘g‘risini aytsam, maydonda ko‘rsatgan o‘yinimiz uchun futbolchilarimdan xursandman", - dedi Borjesh.

Borjesh raqibning imkoniyatlari kam bo‘lganini ham taʼkidlab o‘tdi. U faqat hisobga olinmagan gol epizodini istisno sifatida keltirdi. Murabbiyning fikricha, jamoa raqib jarima maydonchasida yana-da qatʼiy va ishonchli harakat qilganda, natija boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

"92 daqiqa davomida biz uch yoki to‘rtta yaqqol imkoniyatga ega bo‘ldik. Ularda — hisoblanmagan golni aytmasak, birorta ham yo‘q. Shunchaki raqib darvozasi oldida biroz dadilroq harakat qilishimiz zarur edi", - dedi Borjesh.

Shu bilan birga, u bu mag‘lubiyatni futbolning tabiiy qismi sifatida qabul qilish kerakligini aytdi. Murabbiy jamoa ijobiy natijaga erishish uchun ishlashda davom etishini va javob bahsida vaziyatni o‘zgartirish imkoniyati borligini taʼkidladi.

"Bu futbol. Ijobiy yakunga umid qilib, ishlashda davom etamiz", - dedi Borjesh deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi UYEFA rasmiy sayti.

Maʼlumot uchun, “Arsenal” va “Sporting” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni Londondagi “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu bahsda qaysi jamoa yarim finalga yo‘l olishi hal bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ruy Borjesh: “Sporting” g‘alabaga yaqin edi, ammo omad yetishmadi