19:25 / 02.02.2017
5 126

"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida OChLning amaldagi g‘olibidan ustun keldi

"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida OChLning amaldagi g‘olibidan ustun keldi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig‘ini doirasida nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. 7 fevral sanasida Qatar poytaxti Doha shahrida mahalliy “Al-Jaish” klubiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan “qaldirg‘ochlar” OChL-2016 g‘olibi – “Chonbuk Motors” klubi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda “Bunyodkor” raqibni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Jamoamizdan gollarni Eldor Shomurodov va Dostonbek Hamdamov kiritdi.

Dubaydagi “The Sevens” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs “Bunyodkor” uchun “Al-Jaish”ga qarshi bahs oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

“ChONBUK MOTORS” – “BUNYoDKOR” 1:2 (1:2)

Gollar: Eldor Shomurodov 15 (0:1), Dostonbek Hamdamov 24 (0:2), Jongeun 35 (1:2)

“Chonbuk”: Kuk Taejong, Jung Xyuk, Lim Jongeun, Cho Sungvan, Go Muyul, Choi Chulson, Kim Yungchan, Kim Shinvuk, Jang Yunxo, Kim Teano, Edu.

Zaxira: Li Yong, Kim Min Jay, Shin Xyung Min, Li Jay Sung, Mazola, Kim Bok Yung, Park Von Jay, Li Dong Guk, Xong Jun Nam, Kim Jin Su, Eder, Cho Suk Jay.

“Bunyodkor”
: Murodjon Zuhurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Dushan Michich, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Jovlon Ibroximov, Otabek Shukurov, Nurillo To‘xtasinov, Shahzodbek Nurmatov, Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov

Zaxira: Dilshod Xamroyev, Xurshid G‘iyosov, Islomjon Qobilov, Shoxruh Gadoyev, Davronbek Umirov, Mirjamol Qosimov, Nodirxon Kamolov, Javohir Esonqulov, Sardorbek Azimov, Vadim Chemirtan, Alisher Sanoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" nazorat uchrashuvida OChLning amaldagi g‘olibidan ustun keldi